AsosiyJamiyat

​BEELINE TO`QQIZ YILDAN BERI AMALIYoTChILARNI IShGA TAKLIF ETMOQDA

'​BEELINE TO`QQIZ YILDAN BERI AMALIYoTChILARNI IShGA TAKLIF ETMOQDA'ning rasmi

Beeline aloqa operatori «Uchinchi avlod-2017» dasturining barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o`tgan ishtirokchilar kompaniyada amaliyot o`tashga kirishayotganliklari haqida xabar beradi. Dastur VEON‘ning Make Your Mark global loyihasi doirasida bo`lib o`tmoqda.

Bu yili Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Cingapur menejmentni rivojlantirish universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat texnik universiteti, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti talabalari «Uchinchi avlod» amaliyotchilariga aylandilar.

Beeline‘ning quyidagi bo`limlarida amaliyot o`tash dasturi ochildi.

  • Texnik direksiyasi;
  • Axborot texnologiyalari direksiyasi;
  • Tijorat direksiyasi;
  • Hodimlar bilan ishlash va jamoani rivojlantirish direksiyasi;
  • Ma`muriy direksiyasi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning hodimlar bilan ishlash va jamoani rivojlantirish bo`yicha direktori Sofiya Gaynutdinova shunday dedi: “To`qqiz yildan beri Beeline yosh va iqtidorli yoshlarning rivojlanishi uchun noyob imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Yosh talabalar uchun bu mehnat tajribasini oshirish, o`quv paytida olgan bilim va ko`nikmalarini ishda qo`llash uchun imkoniyatdir. Bundan tashqari, o`z iste`dodlarini professional muhitda targ`ibot qilishlari uchun imkondir. Ishonaman, biz tanlagan amaliyotchilar kasbiy yuksakliklarga etishish uchun barcha kuchlarini to`playdilar”.

Eslatib o`tamiz, amaliyot o`tash bir yil davom etib, ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqich iyundan avgust oyigacha davom etib, talabalarga ta`til paytida tanlangan bo`linmalarda to`liq bandlik bilan stajirovkani o`tishga imkon beradi. Amaliyot o`tash dasturining ikkinchi bosqichiga o`zlarini yaxshi tomondan ko`rsatgan, ko`proq darajada samarali bo`lgan talabalar o`tadi. Ular kompaniyada 2018 yilning iyun oyigacha, ham ishlab, ham o`qish imkoniyatini ta`minlagan holda, mahsus moslashtirilgan grafik bo`yicha ishlashni davom ettiradilar.

    Boshqa yangiliklar