20-30 iyul kunlari Vetnamda futzal bo`yicha klublar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`tkaziladi. Bu yil ham mamlakatimiz nomidan amaldagi chempion "Olmaliq" ishtirok etadi.
Olmaliqliklarning asosiy o`yinchilaridan biri Andrey Shlema musobaqani o`tkazib yuboradi. Shlema o`ng oyog`ini sindirib olgan edi va jarohat hali bitib ulgurmadi. Klub shifokorining so`zlariga ko`ra, Andrey milliy chempionatimizning yangi mavsumi boshlangunga qadar safga qaytadi.
Eslatib o`tamiz, "Olmaliq" musobaqaning "D" guruhida "Chonburi Blyuveyv" (Tailand) va "Bank Beyrut" (Livan) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.






