AsosiyJamiyat

​ABDULAZIZ KAMILOV EVROPA ITTIFOQI KOMISSIYaSI BOSh DIREKTORATI RAHBARINI QABUL QILDI

'​ABDULAZIZ KAMILOV EVROPA ITTIFOQI KOMISSIYaSI BOSh DIREKTORATI RAHBARINI QABUL QILDI'ning rasmi

2017 yilning 14 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Evropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo`yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O`zbekiston va Evropa Ittifoqi hamkorligining holati va istiqbollari, shuningdek, EIning Markaziy Osiyo bilan yangi hamkorlik strategiyasining samaradorligini oshirish nuqtayi nazaridan uni tadbiq etish jarayoni muhokama qilindi.

Uchrashuvda Bryussel shahrida bo`lib o`tadigan “O`zbekiston-EI” hamkorlik kengashining 13-majlisi, Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Bosh vakili Federika Mogerinining mamlakatimizga tashrifi, “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvining navbatdagi yig`ilishini O`zbekistonda o`tkazish va boshqa qo`shma tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish jarayoni amaliy jihatdan ko`rib chiqildi.

Moliyaviy-texnik sohada aloqalarni mustahkamlashga mas`ul sherikchilikning yangi organi – Rivojlanish maqsadida hamkorlik bo`yicha kichik qo`mitani ta`sis etishga ikki tomon ham rozi ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi Delegasiyasi rahbari, Elchi Eduard Striprays ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar