AsosiyDunyo

​PERU SOBIQ PREZIDENTINI VA UNING RAFIQASINI QAMOQQA OLISh UChUN SUD ORDER BERDI

'​PERU SOBIQ PREZIDENTINI VA UNING RAFIQASINI QAMOQQA OLISh UChUN SUD ORDER BERDI'ning rasmi

Peru OAVlarining xabar berishicha, mamlakatning sobiq prezidenti va uning rafiqasi moliyaviy firibgarlikda ayblanib, tergov ishlari olib borilayotgani uchun sud tomonidan ular 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, Peruning sobiq prezidenti Olyanta Umala va uning rafiqasi Nadin Eredia sud ularni qamash haqida order berganidan keyin hukumatga taslim bo`lgan. Mamlakatning sobiq rahbari rafiqasi bilan birga sud qarorini ijro etish uchun sud binosiga kelishgan.

Umalaning advokatlari mamlakatning sobiq rahbari odil suddan yashirinishni, qochib ketishni rejalashtirmaganligini ma`lum qilishdi.

Umala va Eredia moliyaviy firibgarlikda ayblanmoqda, ammo ular mazkur aybni tan olishmadi. Agar ularning aybi o`z isbotini topsa, 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar