Hindistonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan tumanlarda tinimsiz yoqqan yomg`ir tufayli ro`y bergan tabiiy ofat oqibatida 2 million kishi uysiz-joysiz qoldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Hindistonning shimoliy-sharqiy hududini rivojlantirish vaziri Jitendra Singxning ma`lumot berishicha, ikki haftadan beri tinimsiz yog`ayotgan yomg`ir natijasida yuzaga kelgan suv toshqini va ko`chki oqibatida 58 ta tuman zarar ko`rdi, 85 kishi halok bo`ldi, 2 millionga yaqin odam uysiz qoldi. Qutqaruvchilar suv bosgan tumanlardan 1,5 mingdan ortiq odamni olib chiqishdi. 3,2 nafardan ortiq odam shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qildi.
Halok bo`lganlarning aksariyat qismi ko`chki va suv toshqinidan aziyat chekkan Arunachal-Pradesh, Assam va Manipur shtatlarining aholisidir. Halok bo`lganlar o`z uylarida bo`g`ziga suv tiqilib, halok bo`lgan. Ularning asosiy qismini bolalar tashkil etadi. Mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish choralarini ko`rmoqda. Suv sathi pasaygan tumanlarda qayta tiklash va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hukumat komissiyasi tabiiy ofat tufayli keltirilgan zararni aniqlamoqda.






