AsosiyJamiyat

SANKT-PETERBURGDAGI YoNG`INDA HALOK BO`LGANLARNING BARChASI XORAZMLIK FUQAROLAR EKANLIGI MA`LUM BO`LDI (RO`YXAT)

'SANKT-PETERBURGDAGI YoNG`INDA HALOK BO`LGANLARNING BARChASI XORAZMLIK FUQAROLAR EKANLIGI MA`LUM BO`LDI (RO`YXAT)'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasining Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan yong`in oqibatida O`zbekiston fuqarolarining halok bo`lgani haqida axboroti e`lon qilindi.

13 iyul kuni yong`in sabablari va halok bo`lganlarning shaxsini aniqlash uchun Kolpino shahriga (Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiradi) borgan O`zbekiston Elchixonasi xodimlari Sankt-Peterburg shahri Tashqi aloqalar qo`mitasi ma`lumotiga asoslanib, 7 nafar O`zbekiston fuqarolarining halok bo`lganini tasdiqladi va ularning ro`yxatini e`lon qildi:

1. Xusinov Ro`zmat Qurbonboevich, 1967 yil 1 yanvarda tug`ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro`yxatda turadi;

2. Xusinov Siroj Ro`zmatovich, 1991 yil 16 oktyabrda tug`ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro`yxatda turadi;

3. Otaniyozov Zoir Aminovich, 1973 yil 2 noyabrda tug`ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro`yxatda turadi;

4. Boyjanov Ilyos Qadamboevich, 1988 yil 10 noyabrda tug`ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro`yxatda turadi;

5. Sultonov Yunus Kuranboevich, 1981 yil 21 aprelda tug`ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro`yxatda turadi;

6. Atakov O`tkirbek O`ktamboevich, 1989 yil 19 aprelda tug`ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Gulobod” QFYda ro`yxatda turadi;

7. Quramboev Shoxzod Xushnudbek o`g`li, 1997 yil 3 noyabrda tug`ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro`yxatda turadi.

Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan sud-tibbiy ekpertizasi o`tkazishga qaror qilindi.

Elchixona Sankt-Peterburg va Kolpino shaharlarining tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo`lib turibti.

Halok bo`lgan O`zbekiston fuqarolari to`g`risidagi ma`lumot ularning oila-a`zolarini habarbor qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo`linmalari va Xorazm viloyaati hokimligiga etkazildi.

Halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga tahririyatimiz jamoasi nomidan hamdardlik bildirib qolamiz.

    Boshqa yangiliklar