AQShning sobiq prezidenti, 92 yoshli Jimmi Karter organizm suvsizlanishi tufayli kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Oq uyning sobiq rahbari Habitat for Humanity xayriya tashkiloti tomonidan uysizlar va muhtojlar uchun qurilayotgan uylarning qurilishida yordam berayotganda kun qizib ketishi oqibatida o`zini yomon his qildi.
Jimmi Karter zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar unga organizmning kuchli suvsizlanishi, deb tashxis qo`yishdi. AQShning sobiq prezidenti ayni paytda ham kasalxonada davolanmoqda, uning ahvoli qoniqarli darajada.
Jimmi Karter — AQShning o`ttiz to`qqizinchi prezidenti hisoblanib, u mamlakatni 1977-1981 yillarda boshqargan.






