Kamerunda xudkush-terrorchilar tomonidan sodir etilgan ikki portlash oqibatida 15 kishi halok bo`ldi, 45 kishi yaralandi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Terakt Kamerunning shimoliy qismida joylashgan Vaza shahrida ro`y berdi. Terakt oqibatida 15 kishi halok bo`ldi, 45 kishi yaralanganligi tufayli og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.
Ayni paytda shahar polisiyachilar tomonidan qurshab olindi. Teraktni “Boko haram” jangarilari amalga oshirganligi gumon qilinmoqda. 2009 yildan beri “Boko haram” ekstremistik guruhi jangarilari tomonidan Afrika mamlakatlarida 20 mingdan ortiq odam o`ldirildi, o`n minglab odamlar o`g`irlandi.






