Yaponiyada 2016 yildan beri ilk marotaba ikki jinoyatchiga nisbatan oliy jazo qo`llandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe o`z vazifasiga kirishgandan keyin 2012 yilda 19 nafar jinoyatchi osib o`ldirilgan edi.
Ayni paytda Yaponiyada 130 nafar mahbus oliy jazoga hukm qilingan, ular jazo ijrosini kutmoqda. Qonun-qoidaga binoan mahbuslar hukmdan keyin darrov qatl etilmaydi, balki oradan bir necha yillar o`tgach, sud qarori bilan o`lim jazosi amalga oshiriladi. Mahbus qatl etilishi haqida hukm ijro etiladigan kuni xabardor qilinadi.
Ijtimoiy so`rovnomaga asosan, aksariyat yaponiyaliklar o`lim jazosini qo`llab-quvvatlaydi.






