AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA TARQATISh TAVSIYa ETILMAYDIGAN FILMLAR RO`YXATI E`LON QILINDI

' O`ZBEKISTONDA TARQATISh TAVSIYa ETILMAYDIGAN FILMLAR RO`YXATI E`LON QILINDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72 son Qarori bilan tasdiqlangan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarnitayyorlash bo`yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to`g`risidagi Nizomning 10 bandi uchinchi xatboshisi va Lisenziatlar bilan tuziladigan bitimlarning tegishlibandiga muvofiq lisenziatlar zo`ravonlikni, pornografiyani, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzishni, O`zbekiston to`g`risida noto`g`ri axborotlar tarqatilishini hamda uning tarixiy, madaniy va ma`naviy boyliklari buzib ko`rsatilishini targ`ib qilish uchun audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlashga yo`l qo`ymaslikni ta`minlashi bo`yicha talab va shart belgilangan, deb yozadi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 avgustdagi 228 son Qarori asosida faoliyat olib boruvchi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasi tomonidan o`tkazilgan tegishli ekspertiza natijalariga ko`ra komissiya yig`ilishining 2017 yil30 maydagi 2 son bayoni bilan "O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, ko`paytirish va tarqatish tavsiya etilmaydigan yoshlar ongiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi, syujetida shafqatsizlik, vahshiylik, zo`ravonlik hamda behayolik sahnalari mavjud bo`lgan xorijiy kinofilmlar ro`yxati” tasdiqlangan. Ekspertiza natijalariga ko`ra ushbu ro`yxatga 225 ta xorijiy kinofilmlar kiritilgan bo`lib, mutaxassislar tomonidan syujetida zo`ravonlik, shafqatsizlik, vahshiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste`molini, shuningdek ahloqiy buzuqlik, engiltabiatlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ`ib qiluvchi sahnalar mavjudligi bois, O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmaydi deb topilgan.

O`zbekiston hududida tarqatish tavsiya etilmagan filmlar orasida "Astral", "Juda qo`rqinchli kino", "Ovozlar", "Daraxtdagi uycha" kabi qo`rqinchli va triller janridagi filmlar o`rin olgan.

Tasdiqlangan ro`yxat bilan quyida tanishish mumkin. (Matn rus tilida)

    Boshqa yangiliklar