Parijning asosiy osori atiqasi bo`lmish Eyfel minorasi Fransiyaga AQSh Prezidenti Donald Trampning tashrifi sabab shanba, 15 iyulga qadar yopiq bo`ladi.
“Istisno tariqasida men 13 iyulning soat 14.30 dan 15 iyulga qadar yopiq bo`laman. Eshiklarimni 15 iyul kuni 9.00 ochaman”, — deyiladi minoraning Twitter sahifasida.
Tramp turmush o`rtog`i Melanya bilan Parijga 13 iyul kuni ikki kunlik ishchi tashrif bilan kelgan.
13 iyul kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning turmush o`rtog`i Tramplar oilasi bilan Eyfel minorasida joylashgan Jules Verne restoranida kechki taom tanovvul qilishadi.






