AsosiyJamiyat

​O`zMUdagi “aqlli texnologiya” Fotimani Zuhradan ajrata oldi

'​O`zMUdagi “aqlli texnologiya” Fotimani Zuhradan ajrata oldi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida qabul jarayonida zamonaviy biometrik texnologiyalar asosida - abiturientlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi, shuningdek, qiyofadan tanuvchi va barmoq izlari skaneri orqali shaxsni aniqlashga qaratilgan “aqlli texnologiya”qo`llanilmoqda..

2017 yil 12 iyul kuni ham o`zaro tashqi o`xshashlikdan ustamonlik bilan foydalanmoqchi bo`lgan Salimova Fotima (familiya o`zgartirilgan) o`z singlisi Salimova Zuhraning o`rniga hujjatlarni O`zMUning Biologiya yo`nalishiga topshirayotgan bir vaqtda ushbu “aqlli texnologiya” uning firibgarona qilmishini fosh etdi.

Ushbu “aqlli texnologiya” O`zbekiston Milliy universitetining tajribali olim va yosh mutaxassislarining ixtirosi hisoblanib, 2017-2018 o`quv yili qabul mavsumida ushbu o`quv dargohida Respublikadagi yagona tizim sifatida eksperiment tarzida qo`llanilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zMUda bo`lib o`tajak test sinovlarida ham ayni shu texnologiya qo`llaniladi. Imtihon o`tkaziluvchi har bir auditoriyaga kuzatuv kameralari o`rnatiladi va test jarayonlarining to`g`ridan to`g`ri namoyishi onlayn rejimda keng jamoatchilikka uzatiladi.

Bu jarayondan ko`zlangan asosiy maqsad - bilimli, iqtidorli abiturientlarga o`z bilim va intellektual salohiyatlari bilan o`qishga kirishlariga imkoniyat yaratilyapti.

    Boshqa yangiliklar