AsosiyDunyo

​FLORIDA QIRG`OQLARIDA ChO`MILAYoTGAN ERKAKNING OYoG`INI AKULA TIShLADI

'​FLORIDA QIRG`OQLARIDA ChO`MILAYoTGAN ERKAKNING OYoG`INI AKULA TIShLADI'ning rasmi

Amerikaning Florida shtatidagi Mayami-Bich shahrida Atlantika okeanida cho`milayotgan erkakka akula hujum qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Odamlarga yaqinlashib kelayotgan bir yarim metrlik akulani plyajda qorovullik qilayotgan qutqaruvchi ko`rdi. U hushtak chalib, dam olayotgan odamlarni akula xavfidan ogohlantirdi va gidrosiklda akula tomon suzdi. Ammo cho`milayotgan 44 yoshli erkak qirg`oqqa chiqishga ulgurmadi. Akula uni quvib etib, oyog`idan tishladi. Qutqaruvchilar erkakni suvdan olib chiqib, birinchi yordam ko`rsatishdi. Erkak oyog`idan og`ir jarohat olgani tufayli kasalxonaga yotqizildi va operasiya qilindi. Ayni paytda erkakning hayoti xavf ostida emas.

Mutaxassislarning fikricha, qutqaruvchining hushtagi akulaga yoqmagan va u bundan g`azablanib, odamlarga hujum qilgan.

    Boshqa yangiliklar