“Chelsi” jamoasi rahbariyati Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangni o`z safiga qo`shib olish fikridan qaytmayapti.
Bir muddat avval londonliklar gabonlik futbolchining transferi uchun 73 million evro taklif qilgandi. Endilikda ushbu summa 78 million evroga oshdi.
Ayni damda muzokaralar davom etmoqda. “Chelsi” bilan birgaliklar Obameyang xizmatlariga PSJ va “Milan” qiziqish bildirmoqda.






