Antarktida g`arbida Larsen S muzligining ulkan qismi ajralib, tarixdagi eng katta aysberglardan biri yuzaga keldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Uning maydoni qariyb 6 ming kvadrat kilometrga teng bo`lib, bu Uels hajmi bilan teng deganidir.
Olimlar ulkan muzlikning ajralishini anchadan beri kutishayotgandi. Ilk bora yoriq 2011 yilda payqalgan, 2014 yildan esa u tezlik bilan kattalasha boshlagan.Olimlarning ma`lumot berishicha, ayni paytda yoriq hajmi yiriklashib bormoqda, oqim hamda shamollar esa ajralib chiqqan muzlikni Atlantika okeaniga chiqarib tashlashi mumkin.






