Italiyaning “Roma” jamoasi Angliyaning “Lester” klubi yarim himoyachisi Riyod Mahrezga qiziqmoqda. Bu haqda Italiya OAVlari xabar bermoqda.
Rimliklar sport direktori Monchining ma`lum qilishicha, “Roma” ingliz klubi bilan Mahrezning transferi borasida kelishishga tayyor. “Roma” Mahrezni “Liverpul”ga sotib yuborilgan Muhammad Salahga o`rinbosar sifatida qaramoqda.
Rimliklar mazkur trasfer uchun uchun 30 million funt to`lashga tayyor, ammo “Lester” jazoirlik futbolchini 50 million funtdan kamiga sotish niyati yo`q.






