Londonning “Chelsi” jamoasi himoyachisi Kurta Zuma o`z faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN FC nashri ma`lum qilmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, 22 yoshli fransiyalik futbolchiga “Valensiya” va “Sevilya” klublari jiddiy qiziqio` bildirgan. Har ikki jamoa Zumani qo`lga kiritish orqali markaziy himoya chizig`ini kuchaytirmoqchi.
Fransiyalik iqtidorlik futbolchiga, shuningdek, APL jamoalaridan “Stok Siti” va “Vest Bromvich” qiziqmoqda.






