AsosiySport

"Milan" azaliy raqibidan himoyachi sotib olmoqchi

'"Milan" azaliy raqibidan himoyachi sotib olmoqchi'ning rasmi

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Milan"ga o`tishga yaqin turibdi. Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko`ra, 30 yoshli italiyalik futbolchi Milan klubiga o`tishga rozilik bergan.

Manbada yozilishicha, futbolchining maoshi yiliga 7 million evroni tashkil qiladi. "Milan" "keksa sinora" rahbariyatiga futbolchining transferi borasida rasmiy taklif yuborgan.

Milanliklar Bonuchchini ikki nafar himoyachisi De Shilo va Romanoli hamda qo`shimchasiga yana pul ham taklif qilmoqchi. Bonuchchi "Yuventus" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo`ljallangan.

Boshqa yangiliklar