AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV NAVBATDAGI VIDEOSELEKTORNI PARLAMENT VAKILLARI BILAN O`TKAZDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV NAVBATDAGI VIDEOSELEKTORNI PARLAMENT VAKILLARI BILAN O`TKAZDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2017 yil 12 iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O`zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolari, hukumat a`zolari, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali yig`ilishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar kengashlari a`zolari, mahalliy ijro organlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari qatnashdi, deya xabar beradi O`zA.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ma`ruza qildi.

Mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada erkinlashtirish va isloh qilish jarayonlari izchil davom etmoqda. Qaysi soha yoki tarmoqda bo`lmasin, dolzarb muammolar aholi bilan ochiq muhokama qilinib, ularning echimi topilmoqda.

Yig`ilishda erishilgan yutuqlar qayd etilgan holda, hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o`tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil qilindi, islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo`lidagi muhim vazifalar belgilab berildi.

Parlament a`zolari, siyosiy partiyalar vakillari ko`rsatilayotgan alohida e`tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, yig`ilishda har tomonlama chuqur asoslab berilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish borasida o`zaro hamjihatlikda samarali ish olib borish va belgilangan maqsadlarga erishish deputatlik korpusining g`oyat mas`uliyatli va sharafli vazifasi ekanini ta`kidladi.

Boshqa yangiliklar