AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA 6 OYDA SODIR BO`LGAN 695 TA YoNG`IN 2 MILLIARD SO`M ZARAR KELTIRDI

'​TOShKENTDA 6 OYDA SODIR BO`LGAN 695 TA YoNG`IN 2 MILLIARD SO`M ZARAR KELTIRDI'ning rasmi

Yong`in xavfsizligi talablari buzilishi yong`inlar kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin. Shuningdek, quruq o`t-o`lanlar, chiqindilarning o`z vaqtida yig`ishtirib olinmasligi yoki olovdan ehtiyotsiz foydalanish yong`in chiqishiga sabab bo`lib, bu insonlar hayoti va salomatligiga xavf solishi mumkin.

Yoz mavsumida yong`inlarning aksariyati quruq o`t-o`lanlar yonishi bilan bog`liq bo`lib, ba`zan alanga turar joy binolariga ham o`tmoqda.

Shu yilning olti oyi davomida poytaxtimizda 695 yong`in sodir bo`lib, buning oqibatida ikki milliard so`mga yaqin zarar etkazildi. Agar yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etilganida ularning oldini olish mumkin edi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasining profilaktika va yong`in nazorati bo`limi inspektori Muslima Rahimova O`zA muxbiriga ma`lum qildi.

Tadbirlarda olovdan ehtiyotsiz foydalanish, bolalarning nazoratsiz qoldirilishi oqibatida zarar etkazilayotgani haqida ma`lumotlar keltirildi.

Xususan, yoz mavsumida Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga quruq o`t-o`lanlar yonishi to`g`risida har hafta qirqtagacha murojaat kelib tushadi. Voqea sodir bo`lgan joyga yaqin hududdagi yong`in xavfsizligi bo`limi har bir chaqiruvga zudlik bilan etib boradi.


    Boshqa yangiliklar