AsosiyDunyo

​YaPONIYaLIK HARBIYLAR SUV TOShQINI OQIBATIDA YO`QOLGAN 22 NAFAR ODAMNI QIDIRMOQDA

'​YaPONIYaLIK HARBIYLAR SUV TOShQINI OQIBATIDA YO`QOLGAN 22 NAFAR ODAMNI QIDIRMOQDA'ning rasmi

Yaponiyaning ikki mingga yaqin polisiyachilari, yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari va harbiy askarlaridan iborat guruhi Yaponiyaning janubi-g`arbida kuchli yog`ingarchilik sababli yuzaga kelgan suv toshqini paytida yo`qolgan 22 kishini qidirishda davom etmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Fukuoka va Oita prefekturalarida ayni paytda tabiiy ofat tufayli 25 kishining halok bo`lgani va 22 kishining bedarak yo`qolgani rasman tan olindi. Bedarak yo`qolgan odamlarni qidirib topish uchun 2000 ga yaqin polisiyachilar, o`t o`chiruvchilar va harbiylar jalb etildi. Ular zanjir bo`lib, suv toshqini oqibatida vayron bo`lgan, loy ostida qolgan uylarni tekshiruvdan o`tkazmoqda. Kyusyu orolining janubi-g`arbida o`tgan haftadan beri yog`ingarchilik oqibatida bir necha marotaba ko`chki va suv toshqinlari kuzatildi. Uylar, yo`llar, temiryo`l ko`priklari yaroqsiz ahvolga keldi. Bu erda bir kunda yoqqan yomg`ir iyul oyining bir oylik me`yoridan oshib ketdi.

    Boshqa yangiliklar