Italiyaning “Yuventus” jamoasi “Valensiya” himoyachisi Jaou Kanseluga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda Plaza Deportiva ma`lumot berdi.
“Ko`rshapalaklar” 23 yoshli futbolchining transferi uchun kamida 25 million evro ishlab olmoqchi. Portugaliyalik futbolchining “Valensiya” bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo`ljallangan.
Turinliklar Kanseluga klubni tark etgan braziliyalik himoyachi Dani Alvesning o`rinbosari sifatida qaramoqda. Avvalroq turinliklar “Milan” a`zosi Mattia de Shiloga qiziqish bildirgandi va uni Xuan Kuadradoga almashishga rozi ham bo`lgandi.
Joau Kanselu o`tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 35 o`yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli pasga mualliflik qildi.






