Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi 12 iyul kuni BAAga jo`nab ketishi haqidda avvalroq xabar berilgan edi.
15-19 iyul kunlari BAAning Dubay shahrida kelasi yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23yoshlar terma jamoalari o`rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslari Dguruhi uchrashuvlari o`tkaziladi. Ushbu saralash guruhida mezbon BAA, O`zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar termalari Osiyo Chempionati final bosqichi yo`llanmasi uchun kurash olib borishadi.
O`zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur saralash turniriga jami 22 nafar futbolchini jalb etgan. O`zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash bahslarini 15 iyul kuni Livanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ravshan Haydarov jamoasi ikkinchi turda Nepal, turnirning so`nggi turida esa, BAA yoshlariga qarshi bahs olib boradi.
U-22 yoshlar o`rtasidagi OCh saralashi uchun chaqirilgan futbolchilar ro`yxati:
Darvozabonlar:
Dilshod Hamraev (“Bunyodkor”)
Umidjon Hamroev (“Nasaf”)
Botirali Ergashev (“Paxtakor”).
Himoyachilar:
Abbos Otahonov (“Paxtakor”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Husniddin G`ofurov (“Neftchi”)
Xurshid G`iyosov (“Bunyodkor”)
Abdujamol Isroilov (“Dinamo”)
Islomjon Qobilov (“Metallurg”)
Dostonbek Tursunov (“Metallurg”)
Akrom Komilov (“Bunyodkor”)
Yarim himoyachilar:
Azizjon G`aniev (“Nasaf”)
Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)
Javohir Siddiqov (“Qo`qon-1912”)
Doniyor Narzullaev (“Nasaf”)
Sharof Muhitdinov (“Nasaf”)
Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”)
Nurillo To`xtasinov (“Bunyodkor”)
Hujumchilar:
Bobir Abduholiqov (“Nasaf”)
Zabihillo O`rinboev (“Paxtakor”)
Behzod G`anijonov (“Qizilqum”)
Andrey Sidorov (“Qo`qon-1912”)






