Kecha ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugundan yig`inni Belorussiya poytaxti Minsk shahrida davom ettiradi.
Yodingizda bo`lsa, “Lokomotiv” o`tgan yili ham davralar oralig`idagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Minskda o`quv-mashg`ulot yig`ini tashkil etgan edi. Murabbiylar shtabi bu safar ham aynan ushbu shaharda mashg`ulotlar olib borishni ma`qul topishdi.
“Temiryo`lchilar” Minsk safariga jami 24 nafar futbolchi bilan birgalikda yo`l olishmoqda. Jamoamiz bugun soat 17:00da Minskka parvoz qiladi.
“Lokomotiv”ning Minskka boradigan tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov
Ma`mur Ikromov
Rustam Nortojiev
Himoyachilar:
Muhammad Kone
Islom To`xtaxo`jaev
Sherzod Fayziev
Shuxrat Muhammadiev
Salim Mustafoev
Oleg Zoteev
Sergey Proxorov
Farrux Ibragimov
Yarim himoyachilar:
Kaxi Maxaradze
Sardor Mirzaev
Ikrom Aliboev
Temur Kapadze
Sadriddin Abdullaev
Salamat Qutiboev
Diyor Turopov
Azizbek Amonov
Jaloliddin Masharipov
Hujumchilar:
Murod Bobojonov
Marat Bikmaev
Idris Bikmaykin
Blessing Olabiran Muyiva
Ta`kidlash joizki, Blessing Olabiran Muyiva hamda Idris Bikmaykin jamoamiz safida ko`rikdan o`tishadi. Agar ularning harakatlari murabbiylar shtabiga ma`qul kelsa, har ikki futbolchi ham “Lokomotiv” a`zosiga aylanishadi.






