2017 yilning 6 iyul kuni soat 22:07 FVV navbatchilik qismiga cho`milish qoidalarini buzganligi natijasida bir kishi Toshkent sh. Bektemir tumani hududidan oqib o`tuvchi Chirchiq daryosining chap tomonidagi qirg`og`i yonida joylashgan kichik orolchaga tushib qolgan va uni qutqarish uchun yordam so`rayotganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushdi.

Ushbu ma`lumotga ko`ra FVV qutqaruv otryadi Bektemir tumani IIB xodimlari bilan voqea joyiga 22:20 etib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan, tungi vaqtda cheklangan ko`rinishga va qattiq oqimga qaramasdan maxsus qayiqda fuqaro Muzaffarni (21 yosh) qutqarib olingan, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan va yaqinlariga topshirdilar.
Eslatib o`tamiz, Chirchiq daryosining suv sathi o`rtayil me`yoridan ko`p bo`lganligi sababli daryoda cho`milish xayotingizga xavflidir!






