AsosiyJamiyat

Toshkentda bosqinchilik jinoyati fosh etildi

'Toshkentda bosqinchilik jinoyati fosh etildi'ning rasmi

2017 yilning 6 iyun kuni taxminan soat 14:00larda, noma`lum shaxslar, bosqinchilik yo`li bilan o`zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida, fuqaro Bekmuradov Davron Mamatkarimovichni pichoq bilan qo`rqitib, unga tegishli bo`lgan 8.370.000 so`m pullarini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik, ya`ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, qurol sifatida foydalanish mumkin bo`lgan narsalarni ishlatib, o`zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov- tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Rashidov Abduvoxid Abdujalilovich, Xadarsev Soslan Vladimirovich va Sa`dullaev Murodjon Dilmurod o`g`li sodir etganliklari aniqlangan.

A.A.Rashidov va S.V.Xadarsevlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. M.D.Sa`dullaevni ushlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.


Diqqat !!!

Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar, shuningdek M.D.Sa`dullaevning qaerda ekanligini bilgan shaxslar «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlarini so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar