Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Keylen Xindz Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi safiga o`tdi.
19 yoshli futbolchi “bo`rilar” bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Forvard endilikda “Volfsburg”ning yoshlar jamoasida faoliyat olib boradi.
Ma`lumot uchun, yakunlangan mavsumda Xendz yoshlar o`rtasidagi EChLda 12 o`yinda ishtirok etdi va 3 ta golga mualliflik qildi.






