Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining CAFA U-15 Boys Tournament xalqaro turniri o`z yakuniga etdi.
Musobaqaning so`nggi kunidan o`rin olgan o`yinlardan birida mezbon Tojikiston o`smirlar termasi Turkmaniston U-15 futbolchilari bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
Turnir g`olibligi uchun kechgan bahsda esa Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston o`smirlar termasi afg`onistonlik tengdoshlariga qarshi bellashdi. Gollarga boy o`tgan o`yinda Afg`oniston o`smirlar terma jamoasi 3:2 hisobida g`alaba qozonib, o`zaro o`yinlar natijasiga ko`ra CAFA U-15 Boys Tournament g`olibiga aylandi.
Qayd etish joiz, o`zbekistonlik futbolchi Bo`ronbek Mirzasalimov musobaqa davomida raqiblar darvozasiga jami 5 ta gol kiritib, turnir to`purariga aylandi.
CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
8 iyul, shanba
O`zbekiston U-15 – Afg`oniston U-15 — 2:3
Gollar: Samir Samandari, 6 (1:0). Husain Norchaev, 39 (1:1). Ahmad Tamim Mirzoda, 48 (2:1). Sayes Afhar Husayni, 78 (3:1). Alibek Davronov, 83 (3:2).
Ogohlantirishlar: Ahmad Tamim Mirzoda (49), Fardin Naseri (90+4), Muhammad Sharifi Aminzoda (90+5)
O`zbekiston U-15: Sarvar Yo`ldoshev (Anvar Nazirov, 78), Foziljon Pirimqulov (Jasurbek Qahhorov, 63), Abdumutal Rajabboev, Bektemir Abdumannonov (Abduvohid G`aniev, 80), Sultonbek Nekboev, Javohir Abdualimov, Diyor Xolmatov (Abdujabbor Zuhriddinov, 75), Bo`ronbek Mirzasalimov (Saidumarxon Sodiqov, 58), Davron Alibekov, Ikrom Erkinov, Husain Norchaev.
Afg`oniston U-15: Muhammad Sharifi Aminzoda, Muhammad Amin Nizomi, Abdulmunir Hazrati, Sajald Ali Halili, G`ulom Yaxyo Xedri, Samir Samandari, Sherzod Fayzuddin, Muhammad Xarun Nosiri (Rahim Husayni, 90+2), Ali Zohidi, Ahmad Tamim Mirzoda (Sayes Afhar Husayni, 61), Fardin Naseri.





