AsosiySport

O`yin vaqtida hushini yo`qotgan futbolchi maydondan vertolyotda olib ketildi

'O`yin vaqtida hushini yo`qotgan futbolchi maydondan vertolyotda olib ketildi 'ning rasmi

Gollandiyaning “Ayaks” klubi hujumchisi Abdulhaq Nurini vertolyotda evakuasiya qilishga majbur bo`lishdi. Bu haqda Championat.asia nashri xabar bermoqda.

20 yoshli futbolchi Bremenning “Verder” klubiga qarshi kechayotgan o`rtoqlik uchrashuvi chog`ida xushini yo`qotib yiqilgan. Zudlik bilan maydonga vertolyot chaqirilgan.

Shifokorlar qo`ygan tashxisga ko`ra futbolchi yurak aritmiyasini boshidan o`tkazgan. Uning sog`ligi normal holatda ekanligi aytilyapti.

Boshqa yangiliklar