AsosiyJamiyat

TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLIGINI BOShQARIShGA QO`YILADIGAN TALABLARGA O`ZGARTIRIShLAR KIRITILDI

'TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLIGINI BOShQARIShGA QO`YILADIGAN TALABLARGA O`ZGARTIRIShLAR KIRITILDI'ning rasmi

Markaziy bank “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo`yiladigan talablar to`g`risida”gi Nizomga “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi Qonunning 52-moddasiga asosan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritdi.

Jumladan, mazkur nizomning 43-bandi “Banklar majburiyatlarining o`z vaqtida va to`liq bajarilishini ta`minlash maqsadida lahzali va joriy likvidlilik me`yorlarini bajarishlari lozim”, deb o`zgartirildi va tegishli bandlar kiritildi.

Xususan, “joriy likvidlilik koeffisienti joriy aktivlar summasini (to`lov muddati 30 kungacha bo`lgan bankning likvidli aktivlari va qo`yilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati o`tgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha bo`lgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi va 30 foizdan kam bo`lmasligi lozim”, deyiladi hujjatda.

Hujjatda bayon etilishicha, “lahzali likvidlilik koeffisienti bank kassasidagi naqd pul va boshqa to`lov hujjatlari hamda bankning O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablag`lari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag`i va majburiy zaxiralar depozitlaridagi mablag`lar mustasno) summasini ushbu Nizomga ilova qilingan hisobvaraqlarning qoldiqlari – talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.

Lahzali likvidlilik koeffisientini hisoblashda faqat O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablag`lar inobatga olinadi.

Lahzali likvidlilik koeffisienti 2017 yil 1 avgustdan boshlab 10 foizdan, 2017 yil 1 noyabrdan boshlab 15 foizdan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab 20 foizdan kam bo`lmasligi lozim”.

    Boshqa yangiliklar