“Barselona” jamoasi rahbariyati Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubidan Paulinoni sotib olishdan umidini uzmayapti. Bu haqda Mirror nashri ma`lum qildi.
Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchi uchun taklifni 20 million evrodan 25 million evrogacha ko`tarishga tayyor.
Xitoyliklar Paulinoning transfer qiymatini 40 million evroga baholamoqda. Avvalroq “Guanchjou Evergrand” rahbariyati Paulino sotilmasligi borasida bayonot bilan chiqish qilgandi.






