AsosiySport

Rasman! “Valensiya” o`z safini “Yuventus” darvozaboni bilan to`ldirdi

'Rasman! “Valensiya” o`z safini “Yuventus” darvozaboni bilan to`ldirdi  'ning rasmi

Ispaniyaning “Valensiya” klubi o`z safini “Yuventus” darvozaboni Norberto Neto bilan to`ldirdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 27 yoshli braziliyalik posbon “ko`rshapalaklar” bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan va endi uning tovon puli 80 mln evroni tashkil etadi. “Valensiya” mazkur transfer uchun 7 mln evro to`lagan.

Eslatib o`tamiz, Neto “Yuventus” safiga 2015 yilda kelib qo`shilgan edi. U o`tgan davr mobaynida turinliklar libosida jami 22ta bahsda maydonga tushgan.

Boshqa yangiliklar