Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko`ra, o`tgan hafta davomida 4150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
O`tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to`g`ri xulosa chiqarib, soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etib, uning oqibatlarini aniqlangan paytdan boshlab o`ttiz kunlik muddat ichida bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o`rnini to`liq qoplagan 1061 nafar tadbirkorlik sub`ektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma`muriy javobgarlikdan ozod etilgan.
Shuningdek, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta sodir etib, huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab o`ttiz kunlik muddat ichida tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan va davlatga etkazilgan zararning o`rnini to`liq qoplagan 96 nafar jismoniy shaxs sudlar tomonidan ma`muriy javobgarlikdan ozod etildi.
Amaldagi qonunchilik talablarini qo`pol ravishda buzib, huquqbuzarlikka yo`l qo`ygan 2993 nafar shaxsga nisbatan 988,7 million so`m miqdorida ma`muriy jarima qo`llanildi.






