AsosiySport

"PAXTAKOR" XORIJLIK YaNA IKKI FUTBOLChI BILAN ShARTNOMA TUZIShI ANIQ BO`LDI

'"PAXTAKOR" XORIJLIK YaNA IKKI FUTBOLChI BILAN ShARTNOMA TUZIShI ANIQ BO`LDI'ning rasmi

11 iyul, seshanba kuni "Paxtakor" futbol klubi barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif qiladi.

Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar - braziliyalik Tiago Bezerra, isroillik Gidi Kanyuk, o`zbekistonlik o`yinchilar Sherzod A`zamov va Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolanadi hamda ular ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi. Tadbirda "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati va bosh murabbiy Shota Arveladze ham ishtirok etadi.

11 iyul kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida soat 11:00da boshlanadigan marosimga barcha turdagi OAV vakillari taklif etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar