“Milan” klubi darvozaboni Janluidji Donnarumma institut imtixoniga kirishning o`rniga, rafiqasi bilan Ibisa oroliga dam olish ketdi. Bu haqda Buxgalterlik hisobi instituti professori Eld Frox aytib o`tdi, deb yozadi Sports.uz nashri.
“Bu institutga, imtihon komissiyasi va talabalarga nisbatan hurmatsizlikdir. Mister Donnarumma o`qish uchun qo`shimcha vaqt so`ragan edi. Ta`lim vazirligi sport bilan shug`illanuvchi kimsalarga shunday imkoniyat taqdim etadi. Uning yoshlar o`rtasidagi Evropa chempionatidagi ishtiroki sabab, uning imtixon topshirish muddatini o`zgartirgan edik. Biroq Janluidji rafiqasi bilan Ibisaga ketdi.
Aytishim mumkinki, Donnarummadan boshqa, ro`yhatda bo`lgan 57 nafar nomzod o`z imtixonlarini topshirdi. U Ibisaga ketish oldidan, ertasiga imtixoni borligini eslashi kerak edi”, – deb aytib o`tdi professor.






