Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning 30 iyun – 6 iyul kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o`tkaziladigan xalqaro musobaqada etishi haqida xabar berilgandi.
Turnirda to`rt mamlakat yoshlar termasi – Qatar, O`zbekiston, Iordaniya va Qirg`iziston ishtirok etishi ko`zda tutilgandi. Biroq Iordaniya U-22 termasi musobaqada qatnasha olmaydigan bo`ldi va taqvimda o`zgarish yuz berdi.
Endilikda jamoalar o`zaro ikkitadan o`yin o`tkazadi. Quyida yangilangan taqvim bilan tanishing.
30 iyun, juma
22:00 Qatar – Qirg`iziston
1 iyul, shanba
20:45 O`zbekiston – Qirg`iziston
2 iyul, yakshanba
Qatar – O`zbekiston
4 iyul, seshanba
22:00 Qatar – Qirg`iziston
5 iyul, chorshanba
20:45 Qizg`iziston – O`zbekiston
6 iyul, payshanba
22:00 O`zbekiston – Qatar
Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston U-22 terma jamoasi 22 futbolchi bilan mazkur turnirga yo`l oldi.
Ma`lumot uchun, ushbu musobaqa O`zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.






