AsosiySport

Ronaldu egizaklarning otasi bo`lganini tasdiqladi

'Ronaldu egizaklarning otasi bo`lganini tasdiqladi'ning rasmi

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederasiyalar kubogidan oldin egizak farzandlari dunyoga kelganini tasdiqladi, deb yozadi CA.

Shu sababli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etadi va Konfederasiyalar kubogi musobaqasining uchinchi o`rin uchun o`yinida ishtirok etmaydi.

Bu qaror Portugaliya terma jamoasining yarim finalda Chiliga uchralgan mag`lubiyatidan so`ng (0:0, penaltilar seriyasi – 0:3) qabul qilindi. Agar Portugaliya finalga chiqqanida Ronaldu jamoada qolar edi.

«Ikki nafar farzandim dunyoga kelganiga qaramay bor e`tiborimni musobaqaga qaratdim. Afsuski, maqsadimizga erisha olmadik.

Portugaliya futbol Federasiyasi rahbari va terma jamoa murabbiyining menga qilgan e`tiborlaridan xursandman. Buni hech qachon unutmayman. Bolalarim bilan ilk bor ko`risha olishimdan baxtliman», – deb yozadi Ronaldu feysbukdagi o`z sahifasida.

«Prezident va bosh murabbiyi Ronalduga farzandlari tug`ilgani munosabati bilan dam berishga qaror qilishdi», – deb yoziladi Federasiya rasmiy bayonotida.

Boshqa yangiliklar