AsosiySport

KK–2017. Ronaldu va Portugaliya Chili dovonidan o`ta olmadi (Video)

'KK–2017. Ronaldu va Portugaliya Chili dovonidan o`ta olmadi (Video)'ning rasmi

Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasi dastlabki yarim finalida Portugaliya va Chili terma jamoasi o`zaro bahs olib bordi.

Asosiy va qo`shimcha vaqtda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Klaudio Bravo qahramonlik qilib, Chilini finalga olib chiqdi.

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya termasi esa turnir bilan xayrlashdi.

Portugaliya – Chili 0:0

Penaltilar seriyasi: 0:3

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Soaresh, Alvesh, Fonte, Elizeu, Bernardu Silva (Kuarejma, 83), Adrien Silva (Moutinyu, 102), Vilyam Karvalyu,Andre Gomesh (Jelson Martinsh, 116), Ronaldu, Andre Silva (Nani, 76).

Chili – Bravo, Medel, Bosejur, Xara, Vidal, Ernandes (Silva, 112), Vargas (Rodriges, 86), Dias, Sanches, Arangis, Isla (Fuensalida, 120).

Ogohlantirishlar: Xara (23), Vilyam Karvalyu (31), Andre Silva (43), Ernandes (51), Fonte (96), Alvesh (111), Soaresh (114).

Boshqa yangiliklar