2017 yilning 26 iyun kuni tonggi soat 07:40da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma`lumotga ko`ra, Sh.Toshpo`latova 25 iyun kuni o`rtoqlari bilan Qo`shrabot tumanidagi tog`li hududga dam olish uchun borishgan. Sayohat chog`ida ular yo`ldan adashib qolganligi sababli kechqurun tog`da tunashga majbur bo`lishgan.
Olingan xabar asosida, qutqaruv otryadi navbatchi smenasi zudlik bilan voqea joyiga chiqib ketgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari Qo`shrobod tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Jabrlanganlar shu kunning o`zida taxminan soat 15:30da tog` cho`qqisida topilgan va ularni aholi yashash joyiga evakuasiya qilish tadbirlari amalga oshirilgan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan va sog`-salomat ota-onalariga topshirilgan.






