Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi ravhbariyati nigeriyalik hujumchi Kelechi Ixeanachoni sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Mirror nashri.
Manbaning ta`kidlashicha, “shaharliklar” iqtidorli futbolchini 25 million evrodan kam bo`lmagan mablag`ga sotmoqchi. 20 yoshli futbolchiga ayni vaqtda “Lester” va “Suonsi” klublari, shuningdek, “Vest Xem” jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Ma`lumot uchun, 2016/17 yilgi mavsumda Ixeanacho APLning 20 o`yinida maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.






