Londonning “Chelsi” klubi hamda Angliya terma jamoasining afsonaviy futbolchilaridan biri –Frenk Lempard murabbiylik faoliyatini boshlashga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda The Sun.
Ma`lumotlarga ko`ra, futbolchilik faoliyatini shu yilin fevralda tugatgan Lempard Angliyaning uchinchi divizion vakili – “Oksford Yunayted” jamoasi rahbariyati bilan muzokara o`tkazdi.
Ayni vaqtda muzokaralar davom etayotgani hamda klub vakillari yangi bosh murabbiy murabbiy borasida aniq qarorga kelmagani ma`lum qilinmoqda.






