AsosiyJamiyat

​Toshkentda Vengriya elchixonasi ochildi

'​Toshkentda Vengriya elchixonasi ochildi'ning rasmi

2017 yilning 27 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Toshkent shahridagi Vengriya Elchixonasining rasmiy ochilishi hamda Elchixona binosida Vengriya va Evropa Ittifoqi bayroqlari ko`tarilishiga bag`ishlangan marosimda ishtirok etdi.

Mazkur marosimda Vengriya Elchisi Peter Santo, O`zbekiston va Vegriya TIV rahbarlari nutq so`zladi.

Vazir Abdulaziz Kamilov o`z nutqida Vengriya delegasiyasini qutlar ekan Vengriya Elchixonasi davlatlarimiz o`rtasida yaqin va manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashda faol bog`lovchi bo`g`in vazifasini bajarishiga ishonch bildirdi.

Vazir Peter Siyartoning davlatlarimiz o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilganining 25 yilligiga to`g`ri kelgan mazkur tashrifiga O`zbekistonda ikki tomonla munosabatlardagi muhim voqea sifatida qaraladi. Ushbu tashrif do`stlik, teng huquqlilik va o`zaro manfaatlarni inobatga olish ruhidagi an`anaviy rivojlanayotgan O`zbekiston-Vengriya hamkorligiga jo`shqinlik berishga ikki tomnda ham qiziqish va intilish borligini tasdiqlaydi.

Abdulaziz Kamilov Vengriya delegatisiyasining O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi, tashqi ishlar vazirligi, tashqi savdo vazirligi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Investisiya bo`yicha Davlat qo`mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan bugun bo`lib o`tgan konstruktiv va samarali muzokaralarini mamnuniyat bilan qayd etdi. Mazkur uchrashuvlar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision va gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

“Ishonch bilan aytishni istardimki, bugun biz O`zbekiston-Vengriya munosabatlari tarixida yangi sahifani ochmoqdamiz va mamlakatlarimiz o`rtasida o`zaro manfaatli va samarali hamkorlikni faol ilgari surish bo`yicha birgalikdagi faoliyatimizni davom ettiramiz”, - dedi O`zbekiston TIV rahbari.

    Boshqa yangiliklar