AsosiySport

Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi yarim finalida ishlaydi

'Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi yarim finalida ishlaydi'ning rasmi

Shu kunlarda Rossiya yashil maydonlarida futbol bo`yicha Konfederasiyalar Kubogi musobaqasi bo`lib o`tmoqda. O`tgan hafta so`nggida turnirning guruh bosqichi o`z yakuniga etgan va yarim final ishtirokchilari nomi ma`lum bo`lgan edi.

FIFA rasmiy saytining xabar berishicha, yarim finaldan o`rin olgan Portugaliya va Chili terma jamoalari o`rtasidagi bahsni Alirizo Fag`oniy boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

E`tiborlisi, uchrashuv videoassistentlari qatorida o`zbekistonlik Ravshan Ermatov ham bor. Hamyurtimizga shu kuni Abdula Alshalvai (Saudiya Arabistoni) va Jayr Marrufolar (AQSh) yordam berishadi.

Eslatib o`tamiz, Portugaliya – Chili o`rtasidagi yarim final bahsi 28 iyun kuni Qozon shahridagi“Qozon Arena” o`yingohida bo`lib o`tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi

Boshqa yangiliklar