Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 2–8 iyul kunlari Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining CAFA CUP U-15 turniri bo`lib o`tadi.
Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) bosh kotibi Avaz Maksumov musobaqaning bosh koordinatori etib tayinlandi. O`FF Kotibiyati boshlig`i Sanjar Rizaev hamda O`FF texnik bo`limi boshlig`i, OFK va FIFA komissari Olim Arifov bo`lajak o`yinlarda komissarlik vazifasini bajaradi.
O`zbekistonlik referilardan Jasur Muxtorov bosh hakam, Sultonmurod Ulfatov va Baxtiyorxo`ja Shavkatov qanot hakamlari bo`lib ishlaydi.
Eslatib o`tamiz, CAFA CUP U-15 Dushanbe 2017 musobaqasida O`zbekiston o`smirlar termasi bilan birgalikda Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Afg`oniston va Eron U-15 terma jamoalari ishtirok etadi.






