Ramazon oyi ma`naviy-ruhiy hayotimizda, jamiyatimizdagi o`zaro ahillik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Xalqimiz azal-azaldan ushbu muborak kunlarda o`zgalarga alohida mehr-muruvvat ko`rsatgan, bemorlar holidan xabar olgan, ko`makka muhtoj insonlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlagan. Bu an`ana mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga ham uyg`undir, deb yozadi O`zA.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 20 iyundagi “Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida”gi qaroriga binoan ushbu ayyom ezgulik, xayru saxovat ruhida o`tmoqda. Keksalar, bemorlar holidan xabar olinmoqda.
Ramazon Hayiti kuni erta tongdan O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xonadoni ham odamlar bilan gavjum bo`ldi. U kishining haqqiga duoyi fotihalar o`qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev ham Birinchi Prezidentimiz xonadoniga tashrif buyurib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.






