San-Sebastyanning “Real Sosedad” klubi Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Diego Lorenteni o`z safiga qo`shib oldi. Bu haqda CA xabar bermoqda.
23 yoshli futbolchi bugun kunning ikkinchi yarmida yangi jamoasida tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tib oldi. klub va futbolchi o`rtasidagi shartnoma 5 yilga mo`ljallangan.
Lorente 7 iyul kuni “Real Sosedad” tarkibidagi ilk mashg`ulotda ishtirok etadi. Himoyachi o`tgan mavsum “Malaga” safida ijara asosida to`p tepdi. U chempionatda 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol kiritgandi.






