Xitoy Superligasi 14-turida O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” klubi o`z maydonida “Xenan Jiane” klubini qabul qildi.
Qiziqarli tarzda kechgan o`yinda mezbonlar 4:1 hisobida g`alaba qozondi. E`tiborlisi, hamyurtimiz “Shanxay SIPG”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bunga qadar esa Odil hakam tomonidan ogohlantirilgan edi. Hamyurtimiz 87-daqiqada zahiraga olindi.
Shu tariqa, Andre Villash-Boash boshqaruvidagi jamoa ochkolari sonini 33 taga etkazib oldi va 1-o`rindagi “Guanjou Evergrand” bilan oradagi farqni 1 ochkoga qadar qisqartirdi.
Xitoy Super ligasi. 14-tur
“Shanxay SIPG” – “Xenan Jiane” 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: Eddi Gomesh (avtogol 22), Odil Axmedov (51), Elkeson (62), Vu Lei (66) – Patino (74)






