Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Aleks Sandro katta ehtimol bilan faoliyatini Angliyada davom ettiradi.
Corriere della Sera nashrining ma`lum qilishicha, Italiyaning amaldagi chempionlari braziliyalik futbolchini 70 mln evroga sotishga rozi. Xabarlarga qaraganda turinliklar ushbu transferdan keladigan mablag`ni ikkita qanot himoyachisi: Matteo Darmian ("Manchester Yunayted") va Mattia De Shilolarni ("Milan") jamoaga olib kelishga jalb etishmoqchi.
Ta`kidlash kerakki, “MYu” Darmianni 18 mln evroga sotishga tayyor, De Shilo esa “Milan” bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Eslatib o`tamiz, Londonning “Chelsi” klubi endi “Yuventus”ga 70 mln evro to`laydi.






