Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Mariano Dias o`z faoliyatini Fransiyada davom ettirish mumkin.
L’Equipe nashrining xabar berishicha, uning xizmatlariga “Lion” qiziqish bildirgan. Fransuz klubi yosh futbolchini jamoani tark etishi kutilayotgan Aleksandr Lyakazettga o`rinbosar sifatida qaramoqda.
Madridliklar Diasni qayta sotib olish sharti bilan 15 mln evroga transfer qilishga tayyorlar. “Lion” esa 10 mln evro taklif qilmoqda.






