Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqaning “A” guruhi 3-turida mezbon Rossiya termasi Meksika bilan bahs olib bordi.
Anchagina qiziqari va murosasiz kechgan o`yinda meksikaliklar 2:1 hisobidagi irodali g`alabaga erishdi va yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritishdi.
Avvalroq dastlabki yarim final yo`llanmasini Portugaliya terma jamoasi qo`lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Meksika – Rossiya 2:1
Gollar: 0:1 – 25 Samedov, 1:1 – 30 Arauxo, 2:1 – 52 Losano.
Meksika – Ochoa, Moreno, Reyes (Reyes, 39), Layyun, Guardado (Alanis, 70), Losano, Dos Santos, Vela (Akino, 46), Errera, Arauxo, Ernandes.
Rossiya – Akinfeev, Vasin, Djikiya, Kudryashov, Glushakov, Samedov, Golovin, Eroxin (Smolnikov, 70), Jirkov, Smolov (Kanunnikov, 78), Buxarov (Poloz, 64).
Ogohlantirishlar: Jirkov (9), Guardado (16), Kudryashov (63), Vasin (71), Golovin (88).
Chetlatish: Jirkov (68).






